• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

May 8, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

❗️Xorazmda seminar o‘tkazildi

Xorazm viloyatida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari hamda vazirlik tarkibidagi tashkilot va muassasa mutaxassislari ishtirokida “Arxitektura va qurilish sohasida o‘rta maxsus maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlashda zamonaviy jihozlardan foydalanish” mavzusiga bag‘ishlangan respublika o‘quv-amaliy seminari tashkil qilindi.

Seminarni Qurilish va uy-joy  kommunal xo‘jaligi vazirligi Kompetensiyani rivojlantirish va malakani baholash tizimini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.T.Qo‘ldoshev ochib berdi.

Mazkur seminarning 1-kunida yig‘ilganlar “Xorazm arxitektura va qurilish texnikumi”da zamonaviy o‘quv jihozlaridan taʼlim jarayonida foydalanish bo‘yicha amaliy dars mashg‘ulotlarini kuzatish, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazma hamda texnikumda tashkil etilgan muzey faoliyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ishtirokchilar tajriba almashish maqsadida o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashishdi.

       Maʼlumot uchun: Xorazm viloyatidagi 930 o‘ringa mo‘ljallangan  Xorazm arxitektura va qurilish texnikumi 1965-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda mazkur texnikumda kunduzgi va sirtqi taʼlimda 5 ta malaka darajasi bo‘yicha taʼlim berib kelinmoqda.
       Har yili ushbu taʼlim maskani hamda texnikum qoshida tashkil etilgan “Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi”ni 1000 ga yaqin o‘quvchi tamomlamoqda.

       O‘quv-amaliy seminari o‘z ishini hududlar bo‘ylab davom ettiradi.