Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan yer osti suv quduqlarining holatini o‘rganish hamda ichimlik suv taʼminotidan foydalanishda sifat va xavfsizligini taʼminlash maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, o‘tgan 2022-yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla”, investitsiya hamda boshqa davlat dasturlari doirasida 168 ta MFYda ichimlik suv taʼminotini yaxshilash maqsadida burg‘ulangan 263 ta yer osti ichimlik suv quduqlarini burg‘ulash ishlarida normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilish holatlari yuzasidan tanlov asosida nazorat tadbirlari olib borildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra bir qancha kamchiliklar aniqlandi. Jumladan:
– 26 ta holatda gidrogeologik xulosa rasmiylashtirilmagan;
– 106 ta holatda yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilmagan;
– 87 ta holatda burg‘ulangan yer osti ichimlik suv qudug‘i uchun texnik pasport rasmiylashtirilmaganligi aniqlangan.
Mazkur qonunbuzarliklarni bartaraf etish uchun Suvinspeksiya tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tashkilot va fuqarolarga ko‘rsatma va tushunchalar berilgan bo‘lib, jami 93 nafar mutasaddi mansabdor shaxslar va fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 72-moddasiga muvofiq 74,6 mln so‘mlik maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan.
Shuningdek, 2023 yilning may oyiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 25-oktyabridagi PQ–408-son qaroriga asosan qurilish-rekonstruksiya ishlari amalga oshirilayotgan ichimlik suv taʼminoti obyektlarida qator nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
Jumladan, tanlov asosidagi qurilish obyektlarida nazorat tadbirlari olib borilganda, yer osti ichimlik suv quduqlarini burg‘ulashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qarorida ko‘rsatilgan ruxsat etuvchi hujjatlarini rasmiylashtirmasdan turib, burg‘ulash ishlarini amalga oshirayotgan jami 50 dan ortiq kamchiliklar aniqlangan hamda jami 15,6 mln so‘mlik 22 ta maʼmuriy jarimlar rasmiylashtirildi.
Mazkur qarorga asosan aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida respublika hududida jami hisobda 572 dona yer osti ichimlik suv quduqlarini burg‘ulash ko‘zda tutilgan.