🗺Mutasaddilar Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan “Sifat kommunal” boshqaruv servis kompaniyasining tez kunlarda ochilishi kutilayotgan yangi binosini borib ko’rdi.
Binoda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlarni ham oʻrgandilar. Xususan, aholining murojaatlarini qabul qilish, ularga qoʻshimcha servis xizmatlarni koʻrsatish maydonlari koʻzdan kechirildi. Bunda qulaylikka e’tibor berish lozimligi alohida ta’kidlandi. BSK binosidan goʻzallik saloni, kiyimlarni kimyoviy tozalash va tikuvchilik markazlari kabi qator maishiy xizmat ko’rsatish shaxobchalari joy olayotgani e’tirof etildi.
🟥 Kommunal xizmat ko’rsatish sohasiga tadbirkorlik subyektlarining kirib kelayotgani juda quvonarli, bu faqatgina xizmat sifatini oshiradi. Bugun imkoniyatlar bor, undan unumli foydalanish lozim,- dedi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva.
Mutasaddilar boshqaruv tashkiloti tomonidan barpo etilayotgan moʻjazgina bogʻ, sport maydonchasi va work outlar bilan ham tanishdilar. 20 ta oʻrindiqli mazkur bogʻ aholining dam olish va sogʻlom hayot kechirishini ta’minlashi shubhasiz.