• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Noyabr 21, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🏘 Bugun Qurilish vazirligida ISO 37001:2016 xalqaro standartiga (Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi) muvofiqlik sertifikatini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔔 Unda “CERT International” MCHJ direktori oʻrinbosari Sh.Siddiqov, vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari ishtirok etishdi.

💬 Malumot o‘rnida aytish joizki, Qurilish vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilgan.

🗂 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida 2019-yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida jamoatchilik va yetakchi ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda kapital qurilish sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshirilgan.

📌 Qurilish vazirligi tizimida Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi bilan hamkorlikda “Komlayens-nazorat” tizimini joriy etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

✔️ Qurilish vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat tizimini joriy etish yuzasidan ISO 37001:2016 sertifikatini olish uchun “CERT International” MCHJ bilan shartnoma rasmiylashtirilgan.

📝 “CERT International” MCHJ tomonidan vazirlik tizimida birinchi bosqichdagi audit oʻtkazilib, auditorlar xulosasiga koʻra aniqlangan nomuvofiqliklar va tavsiyalar boʻyicha bartaraf qilish nazorat rejasi ishlab chiqildi.

🔎 “Ichki audit va komplayens nazorat boʻlimi” hamda vazirlik boshqarma va boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan ichki audit tadbirlari natijasida nomuvofiqliklar bartaraf etildi.

🟥 Shuningdek, vazirlik markaziy apparatining 14 nafar xodimi xalqaro ISO 37001-2016 korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi menejeri-ichki auditori yoʻnalishida “CERT academy” xalqaro trening kompaniyasi tomonidan besh kunlik oʻquv kurslarida oʻqitilib, sertifikatlar taqdim etilgan.

❕ Joriy yilning oktabr oyida “CERT International” MCHJ auditorlari tomonidan sertifikatni olish boʻyicha ikkinchi bosqichdagi audit oʻtkazildi.

Audit yakunlari boʻyicha auditorlar guruhi tomonidan Qurilish vazirligi ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiqligi yuzasidan ijobiy xulosa berilgan.