☑️ Respublika Ishchi guruhi a’zolari hamda Qurilish vaziri o’rinbosari Jalol Arashov ayni kunlarda Farg’ona viloyatining ayrim tumanlarida bo’lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila xonadonlariga kirib borishmoqda.
➡️Eng avvalo, ularni qiynayotgan masalalarga eʼtibor qaratilib, xonadonlarni taʼmirlash boʻyicha amaliy yordam koʻrsatilyapti.
❕ Jumladan, Farg’ona viloyati Beshariq tumani Beshkapa, Ko‘rkam, Yakkatut qishloqlarida yashovchi fuqarolarning ham xonadonlarida o’rganish ishlari olib borildi.
📝 Beshariq tumani Bo’ston MFYda joylashgan 6-ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bo’lib, imkoniyati cheklangan bolalar bilan uchrashishdi. Shuningdek, bu yerdagi ta’mirlash jarayonlarini o‘rganishdi.
📌 Ishchi guruhning o‘rganishlari viloyatlar bo’ylab davom etadi.