☑️ Respublika Ishchi guruhi a’zolari hamda Qurilish vaziri o’rinbosari Jalol Arashov ayni kunlarda Namangan viloyatining ayrim tumanlarida bo’lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila xonadonlariga kirib borishmoqda.
🟢 Eng avvalo, ularni qiynayotgan masalalarga eʼtibor qaratilib, xonadonlarni taʼmirlashda yordam koʻrsatilyapti.
🟥 Amaliy ishlar davomida tumanda yashovchi ijtimoiy yordamga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan va nogironligi boʻlgan 10 ta xonadonda yashovchi fuqarolarga uy-joylarida yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun 367,0 mln soʻm homiylik mablagʻlari ajratilib, hovli-joyda qurilish, bunyodkorlik ishlari loyiha asosida bajarildi.
✅ Shuningdek, Namangan viloyatining barcha tumanlarida “Obod qishloq” dasturi asosida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari boshlangan.
🔎 Qurilish vaziri oʻrinbosari Jalol Arashov Kosonsoy tumani 4-sektor hududida “Obod qishloq” dasturi asosida fuqarolarni turmush tarzini yanada yaxshilash maqsadida ichimlik suvi tortilgan suv inshootida boʻldi. 4-sektor hududidagi “Obod qishloq” dasturi asosida kapital ta’mirdan chiqqan QVP binosi ham o‘rganildi. 2-sektor hududidagi Guzar MFY binosining qurilish jarayoni ko’rib chiqildi.
⚠️ Kosonsoy tumani 3-sektor hududiga kimoshdi savdosi orqali kam ta’minlangan fuqarolar uchun berilgan yer uchastkalariga ko‘chalar ochib berish haqida qilingan murojaatga asosan borildi va mutasaddilar tomonidan holat koʻrib, oʻrganilib muammo joyida bartaraf etildi.
📌 Ishchi guruhning o‘rganishlari viloyatlar bo’ylab davom etadi.