• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Dekabr 27, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚠️ Buxoro shahar I.Karimov ko‘chasida joylashgan birinchi qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, yuqori qavatlari turar-joyga mo‘ljallangan obyektining qurilish-montaj ishlari Buxoro viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.

🔔 Natijada, obyektda quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

⚫️ binoning 7-qavatida bajarilgan quyma temir-beton kollonna va rigellarning armatura xomutlari loyiha talabiga zid ravishda bajarilgan;

⚫️pardadevorlarning orayopma plitalar bilan tutash qismi qotiruvchi elementlar bilan mustahkamlanmagan;

⚫️g‘isht terish ishlarida g‘ishtlar orasi M50 markali qorishma bilan to‘ldirilmagan va SG1 setkalar qo‘yilmagan;

⚫️quyma temir-beton kolonnalarda beton ishlari sifatsiz bajarilgan;

🧑‍⚖️ Yuqorida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha inspeksiya tomonidan “Chandir Ramzes” MChJ rahbariga obyektning qurilish ishlarini to‘xtatish uchun yozma ko‘rsatma berildi hamda MjtKning 99-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.