🕹Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida tegishli vazirlik va tashkilotlarning masʼullari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
🗣 Unda davlatimiz rahbarining 2022-yil 17-noyabrdagi “Qurilish loyihalarini amalga oshirishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, jarayonning ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 425-son qaroridan kelib chiqadigan vazifalar ishtirokchilarning diqqat eʼtiborida boʻldi.
🔵 Unga koʻra 2023-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga va Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan dasturlarga kiritilgan loyihalar, shuningdek, tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari asosida moliyalashtiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha loyihalar doirasida, obyektlarning bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida inson omilisiz oʻtkaziladigan elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanishi belgilangan.
🟡 Muloqotda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari yakuni, jumladan, qonunchilik hujjatlariga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar boʻyicha buyurtmachi bilan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari oʻrtasidagi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat ishlarini bajarish toʻgʻrisidagi shartnomalar mazkur tizimda elektron raqamli imzo orqali tuzilishi qayd etilgani eʼtirof etildi.
🎙 Shuningdek, tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga kiritilgan har bir obyekt identifikatsiya raqami berilgan holda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga kiritilishi hamda ular boʻyicha har qanday oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar mazkur axborot tizimida aks ettirilishi lozimligi taʼkidlandi.
⏺Yigʻilishda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi, mahalla faollari va yoshlar yetakchilari, ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoat tashkilotlari tegishli hududda Dasturlar va Loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati, sifati hamda koʻlami ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatishi lozimligi va unda aniqlangan kamchiliklar haqida Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) shtablariga maʼlumot taqdim etib borishi zarurligi aytib oʻtildi.