📎 Joriy yilning 9-yanvaridan boshlab respublikamizda havo haroratining keskin pasayishi kuzatilishi munosabati bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi mas’ullari hamda tegishli mutasaddilar ishtirokida tezkor ishchi guruh tashkil etilib, ko‘p xonadonli uylarda issiqlik, ichimlik suvi ta’minoti, boshqaruv tashkilotlari faoliyati yuzasidan o’rganish ishlari olib borilmoqda.
◀️ Maqsad — turar-joy binolarida istiqomat qilayotgan aholining xavfsizligini ta’minlash va anomal sovuq kunlarining betalofat o’tishi yuzasidan bor kuchni safarbar etgan holda maksimal chora-tadbirlar ko’rilishiga erishish.