• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Yanvar 10, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida vazir o’rinbosari J.Arashov boshchiligida ”2023-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 465-sonli PQ yuzasidan tashkil etilgan Respublika shtab a’zolarining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar muhokama qilindi.

📎 Unda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga muvofiq 1 161 ta (yangidan boshlanuvchi 533 ta, yildan yilga oʻtuvchi 628 ta) obyektlarda qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish va oʻz vaqtida yakunlash vazifasi belgilangan. Shu munosabat bilan ikki oy muddatda joriy yilda yangidan boshlanadigan loyihalar (obyektlar) boʻyicha tasdiqlangan loyihaoldi va loyiha hujjatlari asosida belgilangan tartibda tanlov (tender) hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, xarid qilish tartib-taomillarini yakunlash va tanlov (tender) gʻoliblari bilan pudrat shartnomalarini tuzish choralarini koʻrish;

2023-yil 15-fevralga qadar Dasturning asosiy parametrlarini bajarish, jumladan, loyihalar (obyektlar) boʻyicha kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirishning prognoz koʻrsatkichlarini choraklar kesimida tasdiqlab, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish;

2023-yil yakunlanadigan taʼlim muassasalari obyektlarini – 15-avgustga qadar, ichimlik va oqava suv, issiqlik taʼminoti, sogʻlikni saqlash va tibbiy-ijtimoiy muassasa obyektlarini – 1-oktabrga qadar, avtomobil yoʻllari, koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlar, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari obyektlarini 1-dekabrga qadar foydalanishga topshirish jarayonini tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

❗️Shuningdek, 170 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari, 239 ta umumtaʼlim maktablari, 9 ta ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, 79 ta tibbiyot muassasalari, 14 ta jismoniy tarbiya va sport obyektlari, 32 ta oliy taʼlim obyektlarida qurilish taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

↪️ Bugungi kunda har bir obyekt uchun ID raqamlar shakllantirilib, obyektlarni loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishdan qurilish ishlarini yakunlab foydalanishga qadar boʻlgan jarayonlar “Shaffof qurilish” MAT orqali inson omilisiz amalga oshiriladi hamda monitoring qilib boriladi.