🟢 Faoliyat samaradorligi muvaffaqiyat garovi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida xodimlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bosh boshqarma boshlig‘i S.To‘xtayev so‘zga chiqib, 2023-yilda qurilish va kommunal sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, loyihalar ijrosi haqida to‘xtalib, barcha xodimlar bu jarayonda jonbozlik ko‘rsatishi lozimligini ta’kidladi.
✅ Shuningdek, sohaga oid qonun, qaror va boshqa normativ huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ymaslik, ijro hamda mehnat intizomiga rioya etish va ularni ko‘rib chiqishda belgilangan muddatlarga e’tibor qaratish holatlari yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.