• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Yanvar 15, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

📎 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Botir Zokirov boshchiligidagi mutasaddilar bugun Toshkent shahridagi koʻp qavatli uylar holati, xususan, BSKlarning bugungi faoliyati bilan tanishmoqdalar. Dastlabki manzil Shayxontohur tumani “Charx Novza” mahallasida joylashgan “Demetra capital development servis” BSK boʻldi. Aholi faollari, uyboshilar bilan boʻlgan uchrashuvda muammolar va ularni bartaraf etish masalalari xususida soʻz bordi.

Shuningdek, issiqlik ta’minotini yaxshilash boʻyicha oxirgi kunlarda koʻrilayotgan choralar boʻyicha aholiga ma’lumot berildi.

Hozirgi kunda hududda kuzatilayotgan asosiy muammo gaz bosimining pasayib ketishi va uning natijasida issiqlik energiyasining yetarli darajada berilmayotgani hamda elektr energiyasidagi uzilishlar ekani ta’kidlandi. Mavjud muammolardan kelib chiqib, tarif siyosatini aholi bilan kengashgan holda koʻrib chiqish lozimligi qayd etildi.

Vazir BSKlar amalga oshiradigan yillik ish rejalarini shakllantirish va tizimli ishlash kerakligini vazifa sifatida qoʻydi.

Ma’lumot uchun, ushbu kompaniya 99 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatadi.