🛡 Mavjud muammolar joyida bartaraf etishga kirishildi!
Uchtepa tumani 13-mavzeda joylashgan uylarda birinchi navbatda hududdagi elektr ta’minoti bilan bog’liq masalani hal etish choralari ko’rilmoqda! Bunda mutaxassislarni kerakli texnik va yordamchi uskunalar bilan ta’minlashda amaliy yordam ko’rsatildi. Demak, tez fursatlarda ko’p qavatli turar-joy binosi elektr manbai bilan ta’minlanadi.
🔎 “Hududni muz va qor qoplamalaridan tozalash va energiyani maksimal darajada saqlash bo’yicha barcha bir yoqadan bosh chiqarishi zarur. Hozir har birimizning birinchi navbatdagi maqsadimiz — muammolardan aholini xalos qilish, ularning kechani hotirjamlikda, issiq uyda o’tkazishlariga real yordam berish” — dedi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Jalol Arashov.
Shuningdek, yo’laklarga kirish eshiklarini yopiq holatda saqlash bo’yicha aholi bilan tushuntirish ishlarini olib borish va birin-ketinlikda uylarga kirish eshiklariga avtomat tarzda yopiluvchi mexanizmlarni o’rnatish zarurligi ta’kidlandi.