• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Yanvar 23, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🔎Toshkent shahri Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan Bektemir tumani To‘yxona ko‘chasi 1A-uy manzilidagi obyektda monitoring ishlari o‘tkazildi.

📝 Monitoring davomida ushbu hududda “Nurmat Servis” MChJ ga tegishli bo’lgan mavjud binoni huquqiy hujjatga ega qismini savdo maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi binosiga ixtisoslashtirib, rekonstruksiya qilish obyektida energiya samaradorligi talablariga rioya etilmasdan qurilayotganligi aniqlandi.

Jumladan,

🏛 Obyektda energiya samaradorligi va muqobil energiya texnologiyalari hamda energiya tejamkorlik chora-tadbirlari ko‘zda tutilmagan.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan buyurtmachiga tegishli ko’rsatmalar berildi hamda tushuntirish ishlari olib borilib, qurilish ishlari vaqtinchalik inspeksiya xodimlari tomonidan to’xtatildi.