• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Yanvar 24, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

? Chekka hududlardagi ta’mirtalab uylar ham alohida e’tibor ostida!

Respublika Ishchi guruhi a’zolari hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirining o’rinbosari Jalol Arashov ayni kunlarda Xorazm viloyatining ayrim hududlarida bo’lib, ta’mirtalab bo‘lgan ko‘p kvartirali uylarning bugungi kundagi holati va issiqlik ta’minoti qozonxonalari faoliyati bilan tanishdilar.

? Ishchi guruh a’zolari tomonidan Urganch shahrining Al-Beruniy ko‘chasida joylashgan 23-uy, N.Qubro ko‘chasida joylashgan 66-uy hamda P.Mahmud ko‘chasida joylashgan 16-sonli yotoqxona holati bilan joyiga borib tanishildi.

⏺Hozirda ta’mirlanadigan ko‘p kvartirali uylar va og’ir sharoitdagi xonadonlarni ta’mirlash bo‘yicha taklif loyihalari ishlab chiqildi. Ta’mirlash ishlarida energiya samaradorlikni oshirish masalasiga katta e’tibor qaratilishi ko’zda tutilgan.