? Xorazm viloyati hududlarida ogʻir sharoitdagi xonadonlarni taʼmirlash boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Respublika ishchi guruhi aʼzolari hamda Qurilish vaziri oʻrinbosari Jalol Arashov ayni kunlarda Xorazm viloyatining Bog’ot va Xonqa tumanlarida boʻlib, aholi murojaatlari, mahallalardagi muammolar boʻyicha oʻrganish ishlari olib bordi.
◀️ O‘rganishlar davomida eng avvalo, ularni qiynayotgan masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yakka tartibda qurilgan bugungi kunda eskirgan holatga kelib qolgan uylarni namunaviy loyihalar asosida yangidan qurish va xonadonlarni taʼmirlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqildi.