• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Yanvar 25, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva hamda boshqa mutasaddilar aholi murojaatlariga asosan poytaxtimizning Chilonzor tumani 20-mavzesi 27-son koʻp kvartirali uyda boʻldilar. Xususan, aholi bilan suhbatda mavjud kamchiliklarni keltirib chiqarayotgan sabablar muhokama qilindi.

Aniqlanishicha, “Max Qur lider” BSK tomonidan xizmat koʻrsatiladigan mazkur uyning debitor qarzdorligi 64 mln soʻmni tashkil etadi. Shu bois mulkdorlarga toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash lozimligi, shundagina kompaniyada uydagi muammolarni bartaraf etish imkoniyati boʻlishi ta’kidlandi.

– Qars ikki qo ʻldan chiqadi, birgina kirish yoʻlaklarida chiroq yonib turishi uchun ham aholi oʻz vaqtida pul toʻlashi kerak. Bir oylik internet toʻlovi uchun 200 ming soʻmga yaqin pul toʻlaymiz, butun boshli uyning texnik holatini saqlash uchun esa 50 ming soʻm toʻlashni ep koʻrmayapsiz. Bu uy sizning xususiy mulkingiz, uni asrash-avaylash uchun hamma jon kuydirishi kerak, – dedi vazir oʻrinbosari.

Aholining kommunal madaniyati shakllanmasa, hamma birdek daxldorlik tuyg`usini his qilmasa, ushbu muammolar boshqa boshqaruv tashkiloti bilan davom etaverishi ta’kidlandi.

?Shuningdek, aholiga amaldagi kompaniya faoliyati qoniqtirmasa, boshqa boshqaruv tashkilotiga oʻtish yoxud boshqaruvni oʻz vakillariga berish taklifi ilgari surildi. Muhokamalar yakunida ertaga, 26-yanvar kuni aholi yigʻilishi oʻtkazilib, oxirgi xulosani qabul qilishga kelishib olindi.