✔️ Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva “Menimcha” loyihasi ijodkorlari bilan birgalikda poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi “Classik building communal” BSK faoliyati koʻzdan kechirdi.
🫥 Xususan, kompaniyaning dispetcherlik xizmati, aholi murojaatlarini qabul qilish va bartaraf etish tartibi, texnik imkoniyatlari bilan tanishildi. Shuningdek, aholidan kelib tushgan murojaatlar va ularni bartaraf etilish jarayoni joyiga chiqqan holda oʻrganildi. Vazir oʻrinbosari har bir kirish yoʻlagiga kompaniya haqida ma’lumotlar joylashtirish kerakligini ta’kidladi.
🫥 “Classik building communal” BSK mazkur hududdagi 82 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatib keladi. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida 40 ga yaqin qoʻshimcha xizmatlar tashkil etilgan. Boshqaruv servis kompaniyasining 52 nafar ishchi xodimi aholining muammolarini tezkor bartaraf etish, sifatli xizmat koʻrsatishga safarbar etilgan.