• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Yanvar 27, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

📌 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama etildi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son Farmonining mohiyati haqida so‘z bordi.

Dastlab Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Kozim Tulyaganov o‘tgan yildagi qurilish obyektlari statistikasini tanqidiy tahlil qildi. Shundan so‘ng aniqlangan noqonuniy qurilishlar soni, ro‘yxatga olinmagan obyektlar haqida har bir hududiy nazorat inspeksiyasi rahbarlari hisobot taqdim etdi.

🟢 Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan 2022-yilda jami 32 531 ta obyektlar roʻyxatdan oʻtgan bo‘lib, ularda 113 321 marotaba nazorat ishlari amalga oshirilgan. Obyektlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan 96 366 ta yozma koʻrsatmalar berildi. Shundan 87 666 ta yozma koʻrsatmalar (90,7 %) bartaraf etilgan. Mazkur obyektlarda Bosh rejalarning buzilish holatlari soni 807 tani tashkil etgan. “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 99-moddasi boʻyicha jami 6 116 ta mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy choralar qoʻllanildi.

⚠️ Qurilish-montaj ishlarini toʻxtatishlar 1 221 tani tashkil etdi. 433 ta obyektda buzdirish ishlari olib borildi.

Jumladan, inspeksiyalar tomonidan

🔵 49 ta holatda qurilish uchun yer ajratishda hokimlarning qarorlarini bekor qilish boʻyicha;
🟠 qurilish ishtirokchilari tomonidan mualliflik va texnik nazoratini buzganligi uchun litsenziyalar va ruxsat beruvchi hujjatlarni toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish boʻyicha jami 874 ta holat;
🔴 396 tasida qurilish obyektlarida sifatsiz qurilish materiallari va buyumlardan foydalanganligi uchun tegishli organ hamda tashkilotlarga taqdimnomalar kiritilgan.

✔️ Bugungi kunda 32 531 ta roʻyxatdan oʻtgan obyektlardan 9 714 tasida (30,4%) qurilish-montaj ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilgan.

🟥Shuningdek, o’z xizmat vazifasi davomida sustkashtlikka hamda qo‘pol qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygani uchun Buxoro hamda Andijon viloyati inspeksiya rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilgani aytib o‘tildi. Ular yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni kelgusida takrorlamaslik va oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Fuqarolar yozayotgan har bir murojaat to‘g‘ri aslida, biz bu borada mas’uliyatsizlik qilishga haqqimiz yo‘q. Har bir qurilayotgan obyekt uchun barchamiz birdek javob berishimizni unutmasligimiz kerak, – dedi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Kozim Tulyaganov.

✅ Yig‘ilishda sohada korrupsiya holatlarining oldini olish borasidagi ishlar bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi. Shuningdek, qurilish obyektlaridagi monitoring jarayonlari inspeksiya tomonidan “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi doirasida onlayn rejimda amalga oshirilayotgani, bu esa tekshirishlar jarayonining yanada sifatli bo‘lishiga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

💡Xususan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan bino-inshootlarni loyihalashtirish va ishga tushirishda issiq suv isteʼmoli hajmining kamida 25 foizi ushbu obyektlarda oʻrnatiladigan quyosh suv isitish qurilmalari orqali qoplanishi talab etilishi va yangi obyektlarda bunday qurilmalarning oʻrnatilishi yuzasidan nazorat ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish lozimligi haqida ham fikr yuritildi.