• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Yanvar 30, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚠️ Yashnobod tumani 2-Tuzel mavzesi 26-son koʻp qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Bahrom Sobirovning Prezident virtual qabulxonasiga Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri bilan koʻp qavatli uylardagi mavjud muammolar yuzasidan uchrashish boʻyicha yoʻllagan murojaatini sohaviy yoʻnalishi boʻyicha vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva oʻrgandi.

➡️ Aholi yaxshi xizmat koʻrsatilishini talab qilyapti. Ammo masalaning ikkinchi tomoni bor. “Kreativ kommunal” BSK tomonidan xizmat koʻrsatiladigan uyning debitor qarzdorligi 40 mln soʻmni tashkil etadi. Aniqlanishicha, aksariyat aholi majburiy badal toʻlovlarini ikki yildan buyon toʻlamaydi. Lekin kompaniya oʻz hisobidan katta ishlarni amalga oshirishini talab qilishmoqda. Ularning ta’kidlashicha, oldin xizmat koʻrsatgan shirkat aholi ishonchini butunlay yoʻqotgan va kompaniya oʻz ishini koʻrsatmaguncha pul toʻlashni xohlashmaydi.

-Muammo ikki tomonda. Siz vaqtida pul toʻlamasangiz, boshqaruv tashkiloti qanday qilib kamchiliklarni bartaraf etsin?! Koʻp qavatli uy bizning umumiy mulkimiz. Hamma bir yoqadan bosh chiqarsa, muammolar oʻz-oʻzidan yoʻqoladi-dedi vazir oʻrinbosari.

🟠Ozoda Joʻrayeva aholi bilan suhbatda boʻlib, ularga vaziyatni yaxshilash boʻyicha tushunchalar berdi. Agar mulkdorlar qarzdorligini toʻlab beradigan boʻlsa, BSK barcha muammolarni bartaraf etishi aytildi.

– Qarzdorligingizni toʻlang, shunda kompaniyadan talab qila olasiz. Koʻp qavatli uyni saqlashning oʻzi uchun ham qancha mablagʻ talab etiladi, – dedi vazir oʻrinbosari.

🫥 Muhokamalar soʻngida aholi bir necha yillik qarzdorligini toʻlaydigan, BSK esa uydagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan holda, xarajatlar smetasi bilan aholini doimiy tanishtirib boradigan boʻldi. Mazkur jarayon shaxsan vazir oʻrinbosari nazoratida boʻlishi ta’kidlandi. Ushbu kompaniya amalga oshirilgan va rejalashtirilgan ishlar boʻyicha fevral oyida hisobot taqdim etishi ta’kidlandi.