• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Fev 1, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Mirobod tumanidagi boshqaruv tashkilotlari faoliyati tanqidiy koʻrib chiqildi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva, Toshkent shahar prokurori oʻrinbosari Habibulla Mirsoatov va boshqa mutasaddilar poytaxtimizning Mirobod tumanida faoliyat yurituvchi boshqaruv tashkilotlari vakillari bilan uchrashdilar. Unda boshqaruv tashkilotlarining ish faoliyatida aniqlanayotgan kamchiliklar tanqidiy koʻrib chiqildi.

Har bir koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv tashkilotlari zamonaviy talablarga javob berishi lozim. Albatta birinchi navbatda tun-u kun ishlovchi dispetcherlik xizmati boʻlishi shart. Shuningdek, “Mening uyim” billing tizimi orqali sohada shaffoflikni ta’minlashda barcha mas’uliyatni his qilishi kerak, – dedi Ozoda Joʻrayeva.

❗️Yigʻilishda boshqaruv tashkilotlari vakillarining sohaga oid xususan, “Mening uyim” billing tizimi boʻyicha savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi. Shuningdek, tizimda majburiy badal toʻlovlari koʻrsatkichi soʻnggi oylarda tushib ketayotganligi omillari tahlil qilindi.

Ozoda Joʻrayeva aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtaldi:
– Vazirlik tomonidan murojaatlarni qabul qilish boʻyicha yangi tizim ishlab chiqilgan boʻlib, unga boshqaruv tashkilotlariga kelib tushadigan murojaatlar integratsiya qilinadi. Bu aholi murojaatlari bilan ishlashda nazoratni kuchaytiradi, – dedi vazir oʻrinbosari.

📎 Toshkent shahar prokurori oʻrinbosari Habibulla Mirsoatov boshqaruv tashkilotlarining moliyaviy holatini yaxshilash, bunda aholi turar joylari hamda ijtimoiy soha obyektlarida mavjud debitor qarzdorliklarni kamaytirishda BSKlarga yordam berish boʻyicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Shuningdek, mutasaddilar boshqaruv tashkilotlari mutaxassislarini oʻqitish, malakasini oshirish ishlarini muhokama qildilar.

Ma’lumot uchun, Mirobod tumanida jami 820 ta koʻp qavatli uy mavjud boʻlib, mazkur uylarga 39 ta BSK va 14 ta shirkat tomonidan xizmat koʻrsatiladi.