• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Fev 6, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

☯️ Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Hidoyatov hamda vazir oʻrinbosari Davron Adilov xizmat safari bilan vodiyda, xususan, Namangan viloyatida boʻlib, hududda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, shuningdek, koʻp qavatli uylarning holatini koʻzdan kechirdi.

🫥Mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, aholiga munosib xizmat koʻrsatish yoʻnalishidagi ishlarni yanada jadallashtirish lozimligi qayd etildi. Issiqlik energiyasini yetkazib beruvchi qurilmalar ham koʻzdan kechirilib, energotejamkorlikka alohida e’tibor qaratish kerakligi aytildi. Aholi vakillari bilan boʻlgan suhbatda ularni qiziqtirayotgan masalalar, hududda boʻladigan oʻzgarishlar boʻyicha ma’lumotlar berildi.