• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Fev 6, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚠️ Ayni daqiqalarda Respublikamizdagi viloyat hokimliklaridan mutasaddilar hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi masʼullari poytaxtimizning Chilonzor va Uchtepa tumanlari boʻlib, koʻp qavatli uylar fasadlarini bazalt plitalari bilan qoplash jarayonlarini koʻzdan kechirishmoqda.

Mazkur tadbirni amalga oshirishdan ko’zlangan maqsad poytaxtda namunaviy tarzda boshlangan ishlar misolida tajriba orttirib, Respublikamiz hududlaridagi mavjud uy-joy fondini saqlashda maksimal energiya samaradorlikka erishishdir.

✍️ O’rganish ishlari davomida ishtirok etayotgan mas’ullar tomonidan issiqlik izolyatsiyasini ta’minlashning eng maqbul yechimlarini qo’llash, bu jarayonga sarflanadigan mablag’ masalalari ham muhokama etilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlarda uylarning yerto’la qismlari ham mutaxassislar tomonidan o’rganildi. Qo’llanilayotgan energotejamkor qurilish materiallari, ularni to’g’ri ekspluatatsiya qilish tartiblari borasida tushuntirish olib borildi.