• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Fev 6, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

➖ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli topshirig‘iga asosan bugun Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan issiqlik qozonlari namoyishi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik vakillari hamda hududlardagi qurilish va kommunal sohalarga mas’ullar ishtirok etdilar.

Ko‘rgazmada o’zimiz va xorijda ishlab chiqarilgan an’anaviy, modul-blokli hamda ko‘mirni avtomatik ravishda yuklovchi zamonaviy issiqlik qozonlari namoyish etildi. Shuningdek, mazkur qozonlarning texnik imkoniyatlari, o‘ziga xos jihatlari haqida qatnashchilarga to‘liq ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida mutasaddilar mamlakatimizda isitish tizimini kompleks rivojlantirish, bunda energo samaradorlikka erishishning texnik-iqtisodiy asoslarini muhokama qildilar.