• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Fev 8, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

📍Toshkent viloyatining Chirchiq va Angren shaharlarida ham namuna sifatida ko‘p qavatli uylarni bazalt plitalari bilan qoplash ishlari olib borilmoqda. Xususan, Chirchiq shahridagi “Guliston” MFY 19-uy hamda Angren shahridagi “Ulug‘bek” MFY 18-uyning fasad qismlari bazalt plitalari bilan qoplanmoqda.

Bino fasadini tashqaridan bazalt bilan qoplash – bu dunyoda o‘zini oqlagan amaliyot. Bazalt plitalari bilan qoplangan uylarda o‘rtacha 30-35 foizgacha energiya samaradorlikka erishish mumkin. Bazaltning samarasi yoz oylarida ham seziladi, shu bois havo sovutgich qurilmalariga bo‘lgan ehtiyoj uch baravarga kamayadi. Chunki bazalt qishda issiqni, yozda sovuqni nisbatan saqlash xususiyatiga ega.

✅ Viloyat aholisiga namuna sifatida bazalt bilan qoplanayotgan uylar 7-8 kunda o’z natijasini ko’rsatishi ta’kidlanmoqda. Shuningdek, mazkur amaliyotning afzalliklari xususida to’liq ma’lumot berilmoqda.