• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Fev 10, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Videolavhalar Yangiliklar

❗️Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva yana bir murojaat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani “Navnihol” mahallasidagi 25-sonli ko’p qavatli uyda boʻldi. Mazkur uyga 2022-yilning noyabriga qadar “Tezkor fayz kommunal servis” shirkati tomonidan xizmat koʻrsatilgan. Ammo shirkat faoliyati qoniqarsiz va aholi noroziligi bois “Titan servis” BSK boshqaruviga oʻtkazilgan.

Aholi vakillarining ta’kidlashicha, “Tezkor fayz kommunal servis” shirkatining qator moliyaviy qoidabuzarliklari mavjud. Shuningdek, uy yertoʻlasi sobiq shirkat raisi tomonidan noqonuniy egallab olingan hamda oʻzi uchun istiqomat qilish makoniga aylantirilgan. Ushbu uyga 4 oydan buyon “Titan servis” BSK xizmat qilib kelishiga qaramay, sobiq shirkat raisi aholidan noqonuniy ravishda pul yigʻib yurgani ma’lum boʻldi.

➖ Hududdagi bunday tartibsizliklar “Titan servisBSK faoliyatiga ham ta’sir oʻtkazmay qolmayapti. Aholi muammolari hali ham toʻliq bartaraf etilmagan.

Ozoda Joʻrayeva mazkur holat yuzasidan tezkor tekshiruv olib borish, noqonuniy faoliyatga yoʻl qoʻyganlarga tegishli chora koʻrish lozimligini ta’kidladi. Shirkat faoliyatini toʻliq oʻrganish boʻyicha Uy-joy fondi inspeksiyasi mas’ullariga tegishli topshiriqlar berildi.