• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Fev 13, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

💠 Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayevaning navbatdagi oʻrganish ishlari Olmazor tumani Qora qamish 1/2 mavzesi “Islomota” MFY 28-uyda boʻlib oʻtdi.

Ushbu uy ikki oy oldin “Olmazor ta’mir” BSK boshqaruviga oʻtkazilgan. Unga qadar “Ulkan” shirkati tomonidan xizmat koʻrsatilgan. Aniqlanishicha, shirkat faoliyati davomida uyda yetarlicha muammolar yigʻilib qolgan.

Mazkur uyda istiqomat qiluvchi Obida Rafiqovaning murojaatiga asosan koʻp qavatli uyning yertoʻla qismlari koʻzdan kechirildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha BSK mas’ullariga zarur topshiriqlar berildi.

🫥 Uy sizning kompaniyangiz boshqaruviga oʻtdimi, bu yerdagi hamma muammo uchun siz javobgar hisoblanasiz. Aholiga sifatli xizmat koʻrsating, eng avvalo, ularning murojaatlarini vaqtida bartaraf eting,- dedi Ozoda Joʻrayeva.

Vazir oʻrinbosari mazkur holatni oʻz nazoratiga olishi va ikki kundan keyin aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilganligini shaxsan tekshirishini ta’kidladi.