➡️Toshkent viloyati Toshkent tumani “Qizg’aldoq” MFYdagi tadbirkor Q.Majidov tomonidan qurilayotgan ko’p qavatli turar-joy binosida Toshkent viloyati qurilish va kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyasi tomonidan monitoring ishlari o’tkazildi.
✅ Natijada obyektda quyidagi kamchiliklar aniqlandi;
➖Ichki to’siq devorlari g’isht terish ishlarida vertikal choklar qorishma bilan to’ldirilmagan;
➖Obyektda zamonaviy issiqlik saqlovchi materiallardan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ko’zda tutilmagan.
🟢 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan buyurtmachi hamda loyiha tashkilotlariga inspeksiya xodimlari tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berildi va kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar obyektda qurilish-montaj ishlari vaqtinchalik to’xtatildi.