• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Fev 13, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

💡Issiqlik tizimini qurish ishlari joyiga chiqqan holda o’rganildi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi “Ko‘p xonadonli uylarni mukammal va joriy ta’mirlash hamda issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK bosh muhandisi hamda Navoiy viloyati mutasaddilari Qiziltepa va Karmana tumanlarida barpo etilayotgan “Yangi O’zbekiston” massivlarida bo’ldilar.

Mutasaddilar massivlarda barpo etilayotgan ko’p kvartirali uylar va ijtimoiy soha obektlarini issiqlik tizimi bilan ta’minlash uchun qurilishi rejalashtirilgan issiqlik taminoti obyektlarida olib borilayotgan ishlarni ko’zdan kechirdilar. O’rganishlar davomida zarur vazifalar belgilanib, kelgusi rejalar muhokama qilindi.

Ayni paytda qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan issiqlik tarmoqlarida transheya qazish hamda qozonxonaning asos qismini qurish ishlari olib borilmoqda.