• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Okt 4, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

✅ Bugun Qurilish vazirligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari xodimlari uchun ikki haftalik oʻquv seminari boshlandi. Ishtirokchilar qurilish arxitektura sohasida amalga tadbiq etilayotgan yangi norma va qoidalar bilan tanishtirildi. Seminar doirasida obyektlarga chiqilib, mavjud holat oʻrganildi.


🖇Bino va inshootlarning ixtisoslashuvni oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish, oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlar qurish – bularning barchasi albatta loyihalashtirish jarayonida boshlanadi. Xoʻsh bu boradagi tartib, qoidalar qanday? Qurilish vaziligi tomonidan oʻtkazilgan amaliy seminarda ana shu savollarga javob berildi. Ishtirokchilar qurilish obyektida boʻlib, arxitektura qurilish jarayonlarida bugun amalga tatbiq etilayotgan yangiliklar bilan tanishdilar. Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha davlat xizmatlari hamda qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berishning tartib taomillari tushuntirildi.

🩸Ikki haftalik seminar davomida ishtirokchilar Toshkent shahridagi qurilish loyiha institutlari, qurilish obyektlarida boʻladilar. Tanishuv jarayonida shahar, shaharchalar va qishloq aholi yashash punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari hamda master-rejalarning tarkibi, ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish mexanizmlarini mutaxassislarga yetkazish koʻzda tutilgan.

🔷Ijtimoiy obyektlarni loyihalash va qurilishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar – seminar davomida ana shu masalalar ham ishtirokchilarning diqqat markazida boʻldi. Bino va inshootlarni energiya samaradorlik nuqtai nazaridan oʻzaro joylashuvi, bu yoʻnalishda kechiktirib boʻlmaydigan vazifalar xususida oʻrinli fikrlar ilagri surildi.

✔️“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi elektron platformasidan foydalanishning bugungi kunda ahamiyati muhokamalar markazida boʻldi. Oʻzbekiston arxitekturasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar, yangi shaharsozlik arxitekturasi va bu borada chet el tajribasi ham ustuvor masala. Amaliy seminarda shu kabi savollarga ham javob berildi. Mutaxassislar shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining shaharsozlik faoliyatga doir normalarining mazmuni va mohiyati, xususan, shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyati obyektlarini hamda yakka-tartibdagi uy-joylarni qurish uchun yer uchastkalarini elektron-onlayn auksion orqali berish tartibi kabi masalalarga ham eʼtibor qaratdilar.