✅ O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni 20-moddasiga binoan ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlarining har yilgi umumiy yig‘ilishi kalendar yil tugaganidan (yangi yil boshlangandan) keyin oltmish kundan kechiktirilmagan holda chaqirilishi kerak. Shu bois joylarda boshqaruv tashkilotlari tomonidan yillik hisobot yigʻilishlari oʻtkazilmoqda.
⚠️ Xususan, kuni kecha Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan 37 ta uy va 11 ta ijtimoiy soha obyektiga xizmat koʻrsatuvchi “Mustaqil uy servis kommunal” BSK tomonidan aholiga 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar, joriy yilda rejalashtirilgan muhim vazifalar boʻyicha hisobot berildi.
Kompaniya 2022-yilning aprel oyida tashkil qilingan boʻlib, bugungi kunda 29 nafar xodim aholiga samarali xizmat koʻrsatib kelmoqda. Jumladan, 9 oy davomida uylarning 10 000 kv. m tom qismi, 6 ta issiqlik moslamasi ta’mirlandi. Koʻp qavatli uylarning yertoʻlasida joylashgan avariya holatidagi barcha quvurlar yangisiga almashtirildi. Shuningdek, oʻtgan vaqt davomida aholining majburiy badal toʻlovlarini toʻlash koʻrsatkichi 85 foizga koʻtarildi. Boshqaruv tashkiloti avariyaviy holatlarni oʻz vaqtida bartaraf etishi uchun zarur boʻlgan moddiy texnika bazasiga ega. Shu bilan birga aholi murojaatlarini 24/7 ish rejimida qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
⚠️ Yigʻilishda joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi. Bunda aholi vakillarining talab va takliflari qabul qilinib, eng muhim vazifalar belgilanib olindi.