• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Fev 28, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

✔️ Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva, Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi Botir Moʻminov, Toshkent shahar IIV boshligʻi oʻrinbosari Ravshan Sultonxoʻjayev hamda hokimlik mutasaddilari poytaxtimizning Chilonzor va Yashnobod tumanlarida tashkil etilgan qator boshqaruv servis kompaniyalarida boʻldilar. Mutasaddilar boshqaruv tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan ish tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, koʻp qavatli uylarning yertoʻlalarida amalga oshirilayotgan ta’mirlash-tiklash ishlari koʻzdan kechirildi.

Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan tashkil etilayotgan qoʻshimcha servis xizmatlar, jumladan, tikuv, maishiy texnikalarga xizmat koʻrsatish va qandolatchilik korxonalari faoliyati koʻzdan kechirildi. Koʻp qavatli uylarda yashovchilar uchun qulay sharoitda tashkil etilgan bunday tadbirkorlik obyektlarini mas’ullar alohida e’tirof etdilar.

Vazir oʻrinbosari koʻp qavatli uylarda yashovchi aholi vakillarining kayfiyati bilan ham qiziqdi.
Bunday qulayliklardan juda xursandmiz. Uyimiz oldida hamma narsa bor, ilgarigidek ovora boʻlib markazga chopmaymiz, – dedi yoshi ulugʻ onaxon.

Ozoda Joʻrayeva har bir islohot xalq manfaatini koʻzlashini alohida ta’kidladi:
Mamlakatimizda olib borilayotgan tub oʻzgarishlar koʻp qavatli uylarda oʻz aksini topmoqda. Bu barchasi siz yurtdoshlarimizning mamnun yashashlari uchun, – dedi vazir oʻrinbosari.

➡️Mutasaddilar tomonidan boshqaruv tashkilotlari vakillariga fuqarolar murojaatlari bilan samarali ishlash boʻyicha bir necha vazifalar belgilandi.