Shukr nima? Shukr bu – tinchlik, shukr – bu qalb halovati. Erta tongda koʻz ochib yorugʻ dunyoni koʻrdingizmi? Bu ham oliy neʼmat. Bu – tinchlik neʼmati. Lekin ming tassufki bugun ana shu ulugʻ neʼmatni qadriga yetmaydiganlar ham oramizda uchrab turadi. Dunyoda kechayotgan notinchliklar, urush va turli nifoqlar sabab minglab odamlarning qoni toʻkilayotgani ham bor gap. Tashqi yot gʻoya va taʼsirlar girdobiga tushib qolayotgan yurtdoshlarimizning ayanchli qismati haqida ham bugun koʻryapmiz, eshityapmiz. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida boʻlib oʻtgan uchrashuvda ham ana shunday hayotiy haqiqatlar tilga olindi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi masʼullari ham ishtirok etdi.
Dastlab, davra suhbatini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Botir Zokirov ochib berdi. Taʼkidlandiki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda inson va uning manfaatlari yoʻlida ezgu saʼy-harakatlar, maqsadli tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Pirovard maqsad odamlar bugun hayotdan rozi boʻlsin.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita vazirining maslahatchisi Ilhom Maʼrupov oʻz soʻzida davom etar ekan, muqaddas dinimizning asl mohiyati tinchlik, farovonlik va maʼrifat dini ekanligini chuqur tahlil qilib berdi. Bugungi globallashuv zamonida farzandlarimizning ongi-tаfakkurini yot gʻoyalardan asrash, zarali illatlardan himoya qilish har qachongidanda dolzarb ekanligi qayd etildi.
Bunyodkor va buzgʻunchi gʻoyalar oʻrtasidagi gʻoyaviy poligon keng miqyosda dunyo boʻylab tarqalganligi har bir oqil insonni xavotirga solmoqda. Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizmdan yoshlarimizni asrash har bir ziyoli kishining muhim vazifasidan biri hisoblanadi, – dedi Ilhom Maʼrupov.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning baʼzi foydalanuvchilari tomonidan qadriyatlarimizni pisand qilmaslik, bunda ota-onalar masʼuliyati kabi hayotiy masalalar haqida fikrlar bildirildi.