• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Mar 10, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Jalol Arashov: “Biz har bir murojaatchining oʻrniga avvalo, oʻzimizni qoʻyishimiz, mavjud muammoga xolisona va odilona yondashmogʻimiz kerak. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatida shaffoflik va oshkoralik birlamchi masala. Maqsadimiz – xalq ishonchi va roziligi!”

📍 Тoshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani Boʻzariq koʻchasi 83-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro N.Isayevaning Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga qilgan murojaatlarida:
oʻziga tegishli xonadonga tutash qoʻshni boʻlgan Mirzo Ulugʻbek tumani Salom koʻchasi 49-51-uyning tashqi toʻsiq sifatida qurilgan devor balandligi 6,0 metrni tashkil qilishi;
fuqaro N.Isayeva bilan kelishilmagani;
loyiha hujjatlari tuman qurilish boʻlimi (arxitektor) tomonidan toʻliq oʻrganilmagan holda kelishib berilganligi;
devorning amaldagi balandligi natijasida xonadonning orqa hovlisi va xonalariga quyosh nuri tushishi va havo aylanishi cheklaganligi;
toʻsiq devorning balandligini 3 metrga tushirish kerakligi asosiy masala sifatida qoʻyilgan.

✅ Maʼlumki, fuqaroning murojaatiga asosan ishchi guruh masalani joyida oʻrganib, tegishli xulosalarini ham taqdim qilgan edi. Biroq murojaatchi berilgan xulosalardan koʻngli toʻlmay vazirlik rahbariyati bilan uchrashish maqsadi borligini bildirdi. Bu safar masala Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Jalol Arashov, Loyiha tashkilotlaridan vakillar, arxitektura va qurilish sohasi mutaxassislari va murojaatchi N.Isayeva ishtirokida tegishli tartibda oʻrganib chiqildi. Xususan, mavjud holat boʻyicha fuqaroning fikr-mulohazalari tinglandi, masala qonun hujjatlariga asosan muhokama qilindi.

Fuqaroning murojaati eshitilgach, vazir oʻrinbosari masala yuzasidan haqqoniy va odilona xulosaga kelishimiz uchun oydinlik kiritilishi lozim boʻlgan ayrim jihatlar mavjudligini aytdi.. Shu bois tegishli soha mutaxassislari ishtirokida masalani chuqurlashtirilgan tartibda qayta oʻrganib, qonuniy yechimga kelish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatma berdi.

❗️Shuningdek, uchrashuvda ishchi guruh tarkibiga murojaatchiga tegishli uyning xonalariga quyosh nuri tushishi va havo aylanishini oʻrganish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi mutaxassislarini ham jalb qilib, insolyatsiya xulosasi qayta olinishi lozimligi bildirildi.