• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Mar 10, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🏘Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanida boʻlib, “Sifat kommunal” boshqaruv kompaniyasining yangi qurilayotgan binosi bilan tanishdi.

Boshqaruv tashkilotininig investitsiya mablagʻlari hisobidan zamon talablari asosida barpo etilayotgan ikki qavatli binoda aholi qulayligini ta’minlash maqsadida maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari tashkil etilmoqda. Shuningdek, kompaniya aholiga qoʻshimcha servis xizmatlarni koʻpaytirishni rejalashtirgan. Shu bilan birga koʻp qavatli uylar atrofini obodonlashtirish hamda koʻngilochar bogʻ barpo etish koʻzda tutilgan.

💸 Hozirgi kunda 60 ta uyga xizmat koʻrsatuvchi kompaniya 7 ta oʻzini oqlamagan shirkat oʻrnida tashkil etilgan. Shirkatlarning debitor kredit qarzdorligi ham kompaniyaga oʻtkazilgan.
Ozoda Abdurahimovna qurilish jarayonlari bilan tanishib, aholini qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatishda qulay sharoit tashkil etish lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, qoʻshimcha xizmatlar koʻlamini kengaytirishga etibor qaratish kerakligi qayd etildi.