• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Mar 13, 2023 Posted by: tested Videolavhalar Yangiliklar

🔔Vazir oʻrinbosari Ozoda Jo’rayeva Uchtepa tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi. Xususan, “Areba klass” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan 15 ta koʻp qavatli uyning yertoʻla qismida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari koʻzdan kechirildi. Mazkur uylarning yertoʻlasida kommunikatsiya tarmoqlari toʻliq yangilanib, maxsus moslama (korub)ga terilmoqda. Shuningdek, koʻp qavatli uylarning yertoʻlasi devorlari oʻzgartirilmagan holda gipsakarton qoplamasi bilan oʻralmoqda. Bu yertoʻla maydonidan unumli foydalanish imkonini yaratadi. Mazkur amaliyot kelgusida aholi roziligi bilan yertoʻlalarni tadbirkorlik subyektlariga ijara asosida berish va qoʻshimcha daromad koʻrishni nazarda tutadi. Ozoda Joʻrayeva ichki kommunikatsiya tarmoqlari ta’mirlanayotgan barcha uylarda ushbu amaliyot qoʻllanishini ta’kidladi.

Bu juda qulay, avvalo, uylarning yertoʻlalarida tartib saqlanadi hamda ortiqcha avariya holatlari oldi olinadi. Shuningdek, bu joylarda ishlab chiqarish korxonalari yoki boshqa tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish mumkin boʻladi, – dedi Ozoda Joʻrayeva.

➡️ 2023-yilda kompaniya tomonidan 40 ta uyning yertoʻlasi hamda ko’p qavatli uylarning 216 ta kirish yoʻlagini ta’mirlash koʻzda tutilgan.
Ma’lumot uchun, Uchtepa tumanida jami 700 ta koʻp qavatli uy mavjud boʻlib, shundan 300 tasida davlat budjeti hisobidan ichki kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash rejalashtirilgan.