• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Mar 16, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

☯️ Ozoda Jo’rayeva Uchtepa tumanidagi “Diydor” mahallasida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarini borib ko’rdi.

Xabar berib kelayotganimizdek, Prezidentimiz topshirig’iga asosan Toshkent shahrida mavjud 2 000 ga yaqin og’ir toifadagi ko’p qavatli uylarning kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash, yerto’la va tom qismlarini ta’mirlash hamda boshqa muammolarni bartaraf etish uchun davlat budjetidan 200 mlrd so’m mablag’ ajratilgan. Toshkent shahrining eng muammoli hududlaridan biri bo’lgan Uchtepa tumanida 300 ta ana shunday uylarda joriy yil ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

🫥 Vazir o’rinbosari “Iqbol nur servis” BSK boshqaruvida bo’lgan uylarda boshlangan ishlar bilan tanishdi. Boshqaruv tashkiloti hamda ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan pudratchi tashkilot vakillari bilan uylarning yerto’la qismida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar muhokama qilindi. Xususan, kommunikatsiya tarmoqlarini maxsus uskuna (korub) ga terish, ortiqcha shikastlanish hamda yo’qotishlarni oldini olish lozimligi alohida ta’kidlandi.
Boshqaruv tashkiloti pudratchi tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilishi hamda qabul qilib olishi kerak. Davlat tomonidan berilayotgan har bir so’m albatta aholi manfaati uchun xizmat qilishi shart. Hukumatimiz tomonidan sohaga berilayotgan e’tibor mas’uliyatini his qilgan holda, aholimizga sifatli xizmat qilaylik, – dedi vazir o’rinbosari.

Ozoda Jo’rayeva kommunal sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati haqida aholiga tushunchalar berdi.