• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Mar 16, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

💸 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo‘rayeva poytaxtimizning eng muammoli hududlardan biri bo‘lgan Uchtepa tumanida bo‘lib, aholi vakillari bilan uchrashdi.

Unda tumandagi 25-mavze “Nurobod” mahallasida istiqomat qiluvchi aholi doir savollariga javob berildi. Shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Mazkur tumandagi ko‘p qavatli uylarning issiqlik ta’minotida mavjud muammolar ayniqsa, sovuq havo sharoitida yaqqol ko‘zga tashlandi. Vazir o‘rinbosari mazkur muammolarni bartaraf etish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi:
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan poytaxtimizdagi 2 000 ga yaqin og‘ir toifadagi uylarning yerto‘la qismi, kommunikatsiya tarmoqlari to‘liq ta’mirlanmoqda. Bu yillar davomida ko‘p qavatli uylarda yig‘ilib qolgan muammolarni bartaraf etish imkonini beradi,-dedi vazir o‘rinbosari.

🔵Ozoda Jo‘rayeva tumanda faoliyat yurituvchi “Adeas group” boshqaruv tashkiloti faoliyati bilan tanishdi. Kompaniya tomonidan uylarning kirish yo‘laklari va tom qismida amalga oshirilayotgan ta’mirlash-tiklash ishlari ko‘zdan kechirildi. Aholi tomonidan kompaniya faoliyati qoniqarli ekanligi, boshqa uylar mulkdorlari ham mazkur kompaniyaga o‘tish istagini bildirayotganlari ta’kidlandi.

Aholi ishonchiga yolg‘on orqali kirish mumkin emas. Shu kunga qadar aksariyat shirkatlarning mas’uliyatsizligi tufayli fuqarolarimizning sohaga boʻlgan ishonchi butkul yoʻqoldi. Boshqaruv tashkilotlari bunday xatoni takrorlamasligi kerak. Joylarda kuzatilyapti, toki uylarni boshqaruviga o‘tkazguncha katta va’dalar beriladi, lekin vaqt o‘tgan sari aholi kutgan natija ko‘rinmaydi. Shu bois, siz qo‘lingizdan keladigan ishga va’da bering va albatta amalga oshiring. Odamlarning ishonchini boshqachasiga qaytara olmaymiz,– dedi vazir o‘rinbosari.

Mahalla aholisi sohada amalga oshirilayotgan keng o‘zgarishlar uchun mutasaddilarga minnatdorlik bildirdilar.