• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Mar 17, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Xabar berib kelayotganimizdek, “Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash, qor ko‘chishi va yer ko‘chki hodisalari xavfini kamaytirish” bo‘yicha Hukumat komissiyasi majlisining 14-son bayoniga muvofiq Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov Andijon viloyatiga ma’sul etib belgilangan.

Vazirlik va boshqa tegishli tashkilotlar mas’ullaridan tarkib topgan ishchi guruh Andijon viloyatida toshqin suvi va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazishni ta’minlash, qor va yer ko‘chki hodisalari zararini kamaytirish borasida nazorat va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazmoqdalar. Toshqinga qarshi tezkor shtablar faoliyatini yo’lga qo’yish, kuzatuv nazorat postlarini tashkil etish ishlari shular jumlasidandir. Shuningdek, aholi bilan favqulodda holatlar yuz berganida qanday harakatlarni amalga oshirish lozimligi yuzasidan doimiy ravishda davra suhbatlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Ishchi guruh tarkibidagi mutaxassislar viloyatda mavjud selxonalar holatini ham o‘rganmoqdalar. Xususan, Xo‘jaobod tumani “Toshobod” mahallasida joylashgan 3 ta selxona faoliyati joriy yilning fevral oyida o‘rganilib, natijalar bo‘yicha ma’lumotlar viloyat va respublika sel-suv toshqinlari bo‘yicha kommisiyalarga kiritilgan edi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga zarur vazifa va topshiriqlar ham belgilangan edi. Shunday bo‘lsa-da, bugungi kun holatiga ko‘ra tumanda joylashgan 1-selxonada hech qanday ish amalga oshirilmagan. 2-selxona aniqlagan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlarni boshlagan. Bugungi nazorat tadbirlari davomida 3-selxonada hech qanday muammo aniqlanmagan bo‘lsa-da, hududlarni tozalash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Sohada mas’ullar tomonidan kuzatilayotgan e’tiborsizlik holatlari nazorat tizimini yanada kuchaytirish zaruratini tug‘dirmoqda. Shu bois ishchi guruh tegishli tashkilotlar vakillarini hududlarga chaqirgan holda aholi hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan hodisalarning oldini olishda befarqlikka yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.