• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Jizzax shahrida qurilayotgan 6-qavatli uyning qulab tushishi sabablarini o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Jizzax shahrida qurilayotgan 6-qavatli uyning qulab tushishi sabablarini o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi
Yanvar 11, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

Joriy yilning 10 yanvar kuni soat 17:10 da Jizzax shahar, “Zilol” MFY, Mustaqillik ko‘chasida “Chorvador-Qorako‘l-Baraka” MCHJ tomonidan qurilayotgan 6-qavatli qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushgan.

Shu bois, Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatov rahbarligida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Komissiya tarkibiga Prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va boshqa vazirliklar, idoralar, ekspertlar hamda loyiha tashkilotlari kiritilgan.

Ushbu Hukumat komissiyasi zimmasiga, 6-qavatli uyning qulab tushish sabablari, bunga omil bo‘lgan holatlar, loyiha hamda pudratchi tashkilot tomonidan uyning barpo etilishi davrida shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilganligi, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha amaldagi normativ-me’yoriy huquqiy hujjatlarni o‘rganib chiqib, taklif kiritish vazifasi yuklatilgan.

Hukumat komissiyasi bugundan o‘z ishini boshlagan.