• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JORIY YIL 1 MARTDAN NIMALAR O‘ZGARADI?

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > JORIY YIL 1 MARTDAN NIMALAR O‘ZGARADI?
Yanvar 6, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

 

Ma’lumki, yaqinda Prezidentimiz Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi”da 2021 yil 1 martdan boshlab ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ob’ektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilgan hamda ob’ektning Qurilish vazirligi qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan davlat qurilish nazorati o‘rnatilgan holda amalga oshirilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, Qurilish vaziri o‘rinbosari Kozim To‘laganov raisligida Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari mutaxassislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bu birlamchi ruxsat berish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ularni ekspertizadan o‘tkazishdan tortib ob’ektlarni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha qurilish jarayonlarini nazarda tutuvchi Yagona ma’muriy qurilish reglamenti loyihasini ishlab chiqish hamda  ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish belgilangan bo‘lib, hududiy inspeksiyalarning yuridik xizmat xodimlari aynan shu boradagi takliflarni o‘zaro muhokama qilishdi. Mavzu yuzasidan ko‘plab fikr va mulohazalar bildirildi.

VAZIRLIK MATBUOT XIZMATI