✅ Joriy yilning 29-sentabr kuni Qurilish vazirligiga Yaponiya xalqaro hamkorlik Agentligidan (JICA) mehmonlar tashrif buyurdi. “Energiya samaradorligi va energiyani tejash” bo’yicha texnik yordam loyihasini amalga oshirish doirasida o‘tkazilgan muloqotda energiya samaradorlik va energiyani tejash bo‘yicha O’zbekistonda olib borilayotgan siyosat va uning bugungi holati muhokamalar markazida bo‘ldi.
📌Tomonlar kelajakda ushbu yo’nalishda O’zbekiston va Yaponiya o’rtasidagi hamkorlikdan birdek manfaatdor ekanliklarini mamnuniyat bilan qayd etdilar. “World Business Associates Co., Ltd.” kompaniyasi eksperti Koichi Tanakaning ta’kidlashicha, Qurilish Vazirligi qoshidagi Qurilishda texnik me’yorlash markazining bu boradagi tashabbuslari e’tiborga molik. Suhbat davomida qurilishda tejamkor texnologiyalardan foydalanish borasida amaliyotga tatbiq etilayotgan loyihalar haqida mehmonlarga atroflicha maʼlumot berildi.
🖇Tadbir yakunida bunday uchrashuvlarni ikki tomon ekspertlari o’rtasida tez-tez o’tkazib turishga kelishib olindi.