Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–773-son, 31.05.2022 y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Soliq kodekslariga o‘zgartirishlar kiritildi.
🔰Unga ko‘ra:
☑️ Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish mansabdor shaxslarga BHMning 15 baravari (4 mln 500 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
❗️Ko‘p kvartirali uylardagi tayanch va (yoki) to‘siq konstruksiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda o‘zgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish, shu jumladan ko‘p kvartirali uylarda va ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurish ishlarini amalga oshirish:
✅ Ushbu huquqbuzarlikni (to‘siq konstruksiyalarga oid qismida) birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u ko‘p kvartirali uydagi to‘siq konstruksiyalarning amalga oshirilgan o‘zgartirilishini yoki ularni rekonstruksiya qilish tufayli yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni, ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni (inshootlarni), shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
⏩ Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
🔰 Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.