Toshkent shahri hududlarida boshqaruv servis kompaniyalari, shirkatlar faoliyatiga koʻmaklashish boʻyicha tuzilgan tezkor “avariya-brigadalar” tomonidan bajarilgan ishlar xususida axborot berib oʻtamiz. Dastlab, qish mavsumida Toshkent shahri aholisini qiynayotgan muammolarni qabul qilish va ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida tezkor ishchi guruhlar shaklantirildi. Soha va hududlar boʻyicha vazir oʻrinbosarlari boshchiligida xodimlar tumanlarga biriktirildi.
Shuningdek, vazirlikda aholi murojaatlarini qabul qilish, masʼul ijrochilarga yetkazish va bajarilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha 24 soatlik dispetcherlik shtabi tashkil etildi.
Toshkent shahri boʻyicha joriy yilning 17-yanvar holatiga ishchi guruhlar tomonidan 228 ta koʻp kvartirali uy hamda 3 ta ijtimoiy obyektda elektr taʼminoti tiklandi, 97 ta koʻp kvartirali uyda issiqlik tarmogʻi taʼmirlandi. 102 ta koʻp kvartirali uyning elektr kabellari almashtirildi. 32 ta koʻp kvartirali uyning yertoʻla qismidagi quvurlari, 4 ta uyning lift uskunalari taʼmirlandi. 128 ta kirish yoʻlaklaridagi eshiklarga eshiklarni avtomatik yopish uskunasi (dovodchik) oʻrnatildi. 34 ta elektr shit, 7 ta transformator uskunalari taʼmirlandi.
Misol uchun:
Chilonzor tumani: 28 ta koʻp kvartirali uyda elektr taʼminoti tiklandi, 17 ta koʻp kvartirali uyda issiqlik tarmogʻi taʼmirlandi. 24 ta koʻp kvartirali uyning elektr kabellari yangisiga almashtirildi. 9 ta koʻp kvartirali uyning yertoʻla qismidagi quvurlar taʼmirlandi. 22 ta kirish yoʻlaklaridagi eshiklarga eshiklarni avtomatik yopish uskunasi (dovodchiklar) oʻrnatildi. 11 ta elektr shit, 1 ta transformator uskunalari taʼmirlandi.
Shuningdek, Uchtepa tumanida 31 ta koʻp kvartirali uyning elektr taʼminoti tiklandi, 13 ta koʻp kvartirali uyda issiqlik tarmogʻi, 2 ta koʻp kvartirali uyning yertoʻla qismidagi quvurlar, 15 ta elektr shit, 1 ta transformator uskunasi taʼmirlandi. 16 ta koʻp kvartirali uydagi elektr kabellar almashtirildi. 24 ta kirish yoʻlaklaridagi eshiklarga avtomat yopish uskunasi oʻrnatildi.
Mirzo Ulugʻbek tumani:
Feruza mavzesida 2 ta koʻp kvartirali uylarning 12 ta kirish yoʻlaklaridagi eshiklarga maxsus uskunalar oʻrnatildi;
1 ta maxsus yuk mashinasida qum va tuz aralashmasi yoʻlaklarga sepildi;
Hududda temir eshiklarni oʻrnatish ishlari boshlandi;
Elektr taʼminoti boʻyicha:
4 ta nosoz elektr shitlar;
1 ta nosoz transformator uskunasi taʼmirlandi;
Issiqlik taʼminoti boʻyicha:
Geofizika mavzesida qozonxona ish faoliyati tiklandi. Natijada 17 ta koʻp kvartirali uy issiqlik bilan taʼminlandi. Humoyun mavzesida 1 va 2-qozonxonalar ish faoliyati tiklandi va natijada 38 ta koʻp qavatli uy hamda 3 ta ijtimoiy obyekt issiqlik bilan taʼminlandi. Taraqqiyot MFYda 2 ta xonadonning issiqlik tizimlari yoʻlga qoʻyildi;
Qorasuv mavzesidagi koʻp kvartirali uylarni yertoʻla qismining issiqlik quvurlaridagi nosoz quvurlari almashtirildi;
Muzlab qolgan suv quvurlari eritilib, soz holatga keltirildi.
Yunusobod tumani:
Markaz-6 da 5 ta uyning kirish yoʻlaklari tozalandi;
Elektr taʼminoti boʻyicha:
Markaz-4 da 3 ta koʻp kvartirali uylarning elektr taʼminoti tiklandi;
Issiqlik taʼminoti boʻyicha:
K.Zaripova koʻchasidagi issiqlik quvurida D100 14 metr almashtirilib, avariya bartaraf etildi va issiqlik tizimi tiklandi.
Yoʻlaklardagi qorlarni tozalash boʻyicha:
2023-yil 11 – 17-yanvar kunlari respublikadagi boshqaruv tashkilotlari tomonidan 16 247 nafar ishchi xodim jalb qilinib, koʻp kvartirali uylarning 87 335 ta kirish yoʻlaklari qordan tozalandi. 698 016 kv/m maydonga qum-tuz aralashmasi sepildi, 4 361 ta uyning tom va soyabonlaridagi sumalaklar olib tashlandi. Koʻp kvartirali uylarga tutash hududlarda qor yogʻishi natijasi singan 1874 ta daraxt tartibga keltirildi.