• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Komplaens xizmati xodimlari malaka oshirdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Komplaens xizmati xodimlari malaka oshirdi
Noyabr 27, 2020 Posted by: tested Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida Qurilish sohasida nazorat inspektsiyasi Komplaens xizmati xodimlarining o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda Qurilish sohasida nazorat inspektsiyasida Komplaens xizmatining tashkil etilishi va uning asosiy vazifalari, hududiy nazorat inspektsiyalarida korruptsiya xavf-xatarlarini aniqlash va korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini tashkillashtirish chora-tadbirlari kabi mavzularda batafsil so‘z yuritildi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 20 sentabrdagi PQ-4464-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qurilishni nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan “Qurilishdagi nazorat” elektron tizimini ishga tushirish va shu bilan qurilishdagi nazorat ishlari shaffofligini ta’minlash borasida ham ma’ruzalar tinglandi. Shular bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tayyorlangan “Davlat va xususiy sektorda korruptsiya xavf-xatarlarini oldini olishda komplaens-nazorat tizimining o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi materiallar bilan seminar ishtirokchilari batafsil tanishtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qurilish-montaj ishlari sifatini tubdan yaxshilash va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida nazorat inspektsiyasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 343-son qarorlari ijrosini sifatli ta’minlanishini nazorat qilish maqsadida, Qurilish sohasida nazorat inspektsiyasi Komplaens xizmati xodimlariga:

– hududiy nazorat inspektsiyasidan ro‘yxatdan o‘tayotgan qurilish (rekonstruksiya) obyektlarini batafsil o‘rganish;

– qurilishi (rekonstruksiya) tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha hududiy inspektsiyaga kelib tushgan murojaatlar asosida qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonida qatnashayotgan mas’ul inspektorning Shaharsozlik normalariga qat’iyan rioya etishini joyiga chiqib nazorat qilish hamda mazkur jarayonda qonun hujjatlari buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Tadbir so‘ngida seminar ishtirokchilariga Yuristlar malakasini oshirish markazida, Qurilish vazirligi rahbar xodimlarining korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha Korrupsiya va komplaens nazorat mavzusida tashkil etilgan malaka oshirish o‘quv kurslarini tugatganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar va xizmat guvohnomalari topshirildi.

 

Vazirlik matbuot xizmati