Koreya qurilish texnologiyalari instituti hamkorligida onlayn seminar tashkil etildi

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Koreya qurilish texnologiyalari instituti hamkorligida onlayn seminar tashkil etildi
Mar 31, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilishda texnik me’yorlash markazi hamda 

Joriy yilning 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilishda texnik me’yorlash markazi hamda Janubiy Koreyaning Yer, infratuzilma va transport vazirligi huzuridagi Koreya qurilish texnologiyalari instituti (KICT) o‘rtasida O‘zbekistonda qurilish me’yorlarini takomillashtirishga qaratilgan loyihaning navbatdagi onlayn seminari bo‘lib o‘tdi. Onlayn seminarda har ikki tomondan loyiha rahbarlari hamda o‘z sohasining yetakchi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Mazkur Seminarda loyiha rahbari Yoo, Pyeong-Joon loyiha bosqichlari bo‘yicha 10 yilga mo‘ljallangan umumiy reja va rejani amalga oshirishda tomonlarning ishtiroki to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Loyihani amalga oshirishda shaharsozlik faoliyati sifatini va xavfsizligini oshirish maqsadida texnik jihatdan tartibga solishga doir me’yoriy hujjatlarni geologiya, tabiiy-iqlim, seysmologiya va boshqa xususiyatlarni hamda qurilish me’yorlarining xalqaro talablari, xususan BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarini inobatga olish zarur ekanligi haqida so‘z yuritildi. Loyihaning ilk bosqichi har ikki tomondan loyihaga jalb etiladigan ishtirokchilarning malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishdan boshlanishi lozimligiga alohida urg‘u berildi.

Rejaga muvofiq har ikki tomondan loyiha mas’ullarini aniqlash va loyiha doirasida ishtirokchilar malakasini oshirish bo‘yicha o‘tkaziladigan mahorat darslari, malaka oshirish kurslari, amaliyot o‘tashlari uchun 2021 yilga mo‘ljallangan kalendar grafigi kelishib olindi. Joriy yilning iyul oyidan 2 nafar koreyalik mutaxassisning malaka oshirish kurslarini olib borish maqsadida O‘zbekistonga tashrifi hamda O‘zbekiston tomonidan malaka oshirish kurslarida ishtirok etgan tinglovchilar Koreyaga amaliyot o‘tashga yuborilishi belgilandi.

Hamkorlikda o‘tkazilgan onlayn seminardan lavha