⚡️Kosonsoy tumanidagi “O‘zbekiston” mahallasida bir yo‘la ikkita yangi zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Har ikkala bog‘chada bolajonlarning taʼlim-tarbiya olishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
🏗24-MTT ga davlat byudjetidan 3 mlrd 370 mln so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanib, u yangidan qurildi. 150 o‘rinli ushbu taʼlim maskanida 30 ta yangi ish oʻrni ham yaratildi. 31-MTT esa mahalliy byudjetdan ajratilgan 650 mln so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga mukammal taʼmirlandi.