Tumanning “Zamondosh” mahallasida 39-maktabgacha taʼlim tashkiloti ish boshladi. Investitsiya dasturi asosida 6 mlrd 46 mln soʻm mablagʻ evaziga barpo etilgan bogʻchaga hududdagi 180 nafar bolalar qamrab olindi. Keng, shinam va yorugʻ xonalarda bolalar uchun zarur sharoitlar inobatga olingan.
Kosonsoy tumanida 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrovi 2017-yilda 19,5 foizni tashkil etgan boʻlsa, 2021-yil yakuni bilan bu koʻrsatkich 69,7 foizga yetkazildi.
Bugungi kunda tumanda 17978 nafar 3-7 yoshli bola mavjud boʻlsa, ularning 12537 nafari maktabgacha taʼlimga qamrab olingan.
Soʻnggi toʻrt yilda tumanda 10 ta davlat maktabgacha tashkiloti, 1 ta nodavlat va 3 ta davlat xususiy sherikchilik maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda 125 ta oilaviy nodavlat maktabgacha tashkilotlari tashkil etildi.