Bo’limning asosiy vazifa va funksiyalari:
— qurilish-montaj ishlari texnologiyalarini qoʻllash masalalari boʻyicha xorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshiradi;
— umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obʼektlari uchun chegaralar belgilash haqida mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi;
— bosh rejalarda va batafsil rejalashtirish loyihalarida nazarda tutilmagan obʼektlar joylashtirilishini shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqaruvchilar (mualliflar) bilan kelishadi;
— tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida shaharsozlik faoliyati obʼektlari, bino-inshootlar, muhandislik va transport infratuzilmasi obʼektlari qurilishini yoki rekonstruktsiyasini, shuningdek, hududlarni obodonlashtirishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini (ART-1 va ART-2) ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va quruvchi — shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilarga taqdim etadi;
— shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
— davlat shaharsozlik kadastri yuritilishida ishtirok etadi;
— yer ajratish va imorat qurishga oid, shuningdek, yer osti muhandislik kommunikatsiyalari joylashishi navbatchi rejalarini yuritadi;
— yer uchastkalarini ajratish, loyiha-rejalashtirish hujjatlarini saqlashga doir yagona texnik arxivni tashkil etadi;
— shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;
— hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;