• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning "hajm" uslubini joriy qilish

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning “hajm” uslubini joriy qilish
May 23, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

🧮Bugungi kunda Qurilish sohasida iqtisodiy islohotlar boshqarmasi tomonidan tegishli tashkilot va idoralar bilan birgalikda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning “hajm” uslubini joriy etish yuzasidan bir qator vazifalar amalga oshirilmoqda.

📌Xorijiy mamlakatlarda (Osiyo, MDH, Yevropa va boshqa davlatlar) bu borada amalga oshirilgan ishlar, tadbiq etilgan me’yoriy hujjatlar, yangi texnika va texnologiyalari hamda hajm uslubini qo‘llash natijasida erishilgan yutuqlar o‘rganib chiqildi.

📎Masalan, 🇹🇷Turkiyada loyiha hujjatlarni tayyorlashda qo‘llanilayotgan “faoliyat turlari” va “Qurilish materiallari hamda konstruksiyalar narxlari” hamda “qurilishda narxlarning tahliliy ko‘rsatkichlari” kabi amaliyotlar tahliliy o‘rganib chiqilib, bugungi kunda o‘rganilgan xalqaro tajriba asosida yurtimizda “hajm” uslubini amaliyotda qo’llash ishlari olib borilmoqda.